Breaking News

O'zbekiston BMT tanqidini qat'iyan rad etmoqda


O`zbekiston Bosh prokuraturasi BMT Inson huquqlari bo`yicha Bosh komissari Luiza Arburning Andijon voqealari ustidan o`tgan sud jarayonlarida xalqaro huquqiy me’yorlar buzilganligi to`grisida bergan bayonotini rad etmoqda.

O`zbekiston Bosh prokuraturasining matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan bayonotga ko`ra BMT Inson huquqlari bo`yicha Bosh komissari Luiza Arburning fikrlari yetarli ravishda dalillarga ega emas va O`zbekiston huquq-tartibot organlarining obro`siga putur yetkazadi.

O`zbekiston Bosh prokuraturasining bayonotiga ko`ra Andijon voqealari yuzasidan o`tkazilgan sud jarayoni Andijondagi voqealar xalqaro diniy ekstremistik tashkiotlar ko`magida “Akromiylar”diniy ekstremistik oqimi tomonidan amalga oshirilganini to`liq tasdiqlab bergan.

Bayonotda ayblanuvchilarning o`z ayblariga iqror bo`lib, terrorchilik harakatlarini qanday amalga oshirganliklarini batafsil aytib berishgani, terrorchilikni amalga oshirish uchun “Turkiston islom harakati” ekstremistik tashkilotidan 200 ming AQSh dollari miqdorida pul olingani va ularning ayblarini tasdiqlovchi videolavhalaar, fotosuratlar, qurol-aslaha va boshqa daliliy ashyolar borligi keltirib o`tiladi.

O`zbekiston Bosh prokuraturasiga ko`ra bu daliliy ashyolar terrorchilarning ayblarini tasdiqlab bergan.

Bayonotda Andijon voqealarini xalqaro kuzatuvchilar tomonidan o`rganilishi haqidagi talab borasida ham izoh berib o`tiladi.

“12-13 may kunlarida ro`y bergan jinoyat O`zbekiston hududida sodir etilgan va O`zbekiston yurisdiksiyasi nazoratiga kiradi. Har qanday davlatning ichki ishlariga aralashish, shu jumladan O`zbekistonning ham, xalqaro huquqiy me’yorlarga va konstitutsiyaga ko`ra O`zbekistonning daxlsizligini va uning suverenlik huquqini buzush hisoblanadi ”, -deyilgan O`zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.

BMT Inson huqulari bo`yicha Bosh komissari Luiza Arbur 24 dekabr kuni Andijon voqealari yuzasidan o`tayotgan sud jarayonlarida xalqaro huquqiy me’yorlar buzilyapti, deya O`zbekiston hukumatiga murojaat qilgan edi.

Arbur xonimgning fikricha, Andijon voqealari boyicha o`tayotgan keyingi sud jarayonlari dastlabki 15 ayblanuvchi ustidan o`tgan jarayonga o`xshasa, xavotir uchun o`rin bor. Oliy komissarning ta’kidlashicha, sud jarayonlarida yetarli asosga ega bo`lmasdan, uzoq muddatli qamoq jazosi haqidagi hukmlar chiqarilgan. Sodir etilgan jinoyatning asosiy aybdorlari esa ozodlikda yuribdi, deydi Arbur xonim.

Mahalliy kuzatuvchilarga ko`ra O`zsbekiston Oliy sudidagi dastlabki sud jarayoni nisbatan ochiq o`tkazilgan bo`lsa, keyingi sud jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashishning umuman imkoni bo`lmagan. Shu bois bu jarayonlarning qanday o`tganligi haqida uning yopiqligidan tashqari biron malumot aytish juda qiyin.

XS
SM
MD
LG