Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari - 4 yanvar


Turkmaniston

Turkmaniston Moldovani gaz bilan ta’minlamoqchi ekanini bildirmoqda. Moldova prezidenti Vladimir Voroninga ko’ra Rossiya hukumati Moldovaga arzon narxda gaz sotishni to’xtatganidan keyin Turkmanistondan taklif tushgan. Moldova prezidenti matbuoti xizmatiga ko’ra Turkmaniston juda katta gaz zahiralariga ega bo’lib, Moldovaga Ukraina bilan tuzilgan yangi shartnoma doirasida gaz sotadi. Rossiya Moldovaga shu yildan boshlab gaz sotishni to’xtatgan. Bunga sabab, Gazprom Moldovadan har ming kubometr gazga 160 AQSh dollari yoki 132 yevro to’lashni talab qilgan. Rasmiy Kishinyovga ko’ra bunday narxda gaz sotib olishga uning mamlakati qodir emas.

O'zbekiston

O’zbekiston va Germaniya olimlari birgalikda quyosh nuridan quvvat olishni muhokama qilish uchun uchrashdilar. Uchrashuv Germaniyaning Frayburg shahrida tashkil etildi. Uchrushuv natijasi o’laroq Samarqand shahrida quyosh nuridan foydalanish imkoniyatini beruvchi qo’shma korxona ochilishi va unda nemis texnologiyalari joriy etilishi mumkin.

Tojikiston

Rossiyaning Vimpel Communications kompaniyasi Tojikistonga tegishli Tacom uyali aloqa kompaniyasining 60 foiz ulushini sotib olganini e’lon qildi. Buning uchun 12 million AQSh dollari miqdorida mablag’ to’langani ma’lum qilingan. Tacom mamlakat bo’ylab GSM, UMTS va CDMA tizimlariga ega. Qo’lgan 40 foiz ulush esa Tojikistonning yetakchi banki Orinebankka tegishli. Vimpel Com Rossiya, Qozog’iston va Ukrainada o’z operatorlariga ega.

Tojikiston Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha AQShning Xalqaro taraqqiyot boshqarmasi immunitet taqchilligi virusiga qarshi kurashga qaratilgan yangi loyiha memorandumi imzolandi. Yangi loyiha 5 yil muddatga mo’ljallangan bo’lib Markaziy Osiyo mamlakatlarida SPIDga qarshi choralar ko’rishni maqsad qilgan.

Mamlakatning Mehnat vazirligiga ko’ra o’tgan yilning birinchi dekabriga qadar 412 000 ga yaqin odam migratsiya hujjatlarini to’ldirgan. 2004 yilda Tojikistondan 436 ming kishi chet elga ish qidirib ketgan edi.

Tojikistondan olingan. Unga ko’ra mamlakat futbol federatsiyasi 2006 yilning oktyabt oyida o’tadigan Mustaqillik kuni kubogiga Pokiston terma jamoasini taklif etilgan.

Mazkur uchrashuv ikkala mamlakatning futbol rasmiylari hamkorligida o’tayotgani ma’lum qilindi. Tojikiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Suhrob Qosimovning aytishicha, fuqarolar urushidan keyin ancha zaiflashgan Tojikiston futboliga Pokiston mutaxassislari texnik tomonidan yordam berishadi.

"Biz Pokiston bilan sport sohasida ham do’stona munosabatlarni o’rnatib, kelajakda hatto Afg’oniston bilan birgalikda uch mamlakat orasidagi musobaqalarni tashkil etish niyatimiz bor,"- dedi Suhrob Qosimov.

XS
SM
MD
LG