Tojikiston rasmiylariga ko’ra, bugun poytaxt Dushanbedagi ruhan kasal bolalarga mo’ljallangan markazga o’t tushgan va natijada 13 ta bola o’lgan.
Yong’in boshlanganda markazdagi 100 ga yaqin bola uxlayotgan edi. Mahalliy matbuotga ko’ra, yong’in boshlanishi bilanoq atrofdagi odamlar, shu jumladan markaz yonida joylashgan Yaponiya elchixonasining qo’riqchilari, o’t o’chiruvchilar yetib kelguncha bolalarni qutqarishga shoshilganlar.
Interfaks axborot agentligining xabar qilishicha, yong’in qisqa elektr tutashuv oqibatida yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.