O’zbekiston hukumati AQShga qarashli yana bir tashkilot faoliyatini to’xtatib qo’ydi. Bu safar Fridom Xaus (Freedom House), ya’ni Ozodlik Uyi tashkiloti Toshkentdagi sud qaroriga ko'ra faoliyatida tiniqlik yetishmasligi ayblovi bilan 6 oyga yopib qo’yildi.
Tashkilot vakilining aytishicha, sud qarori apellyatsiya qilinadi. 2005 yili Internyus, AYREKS, Soros Jamg’armasi kabi qator AQSh tashkilotlari yopilgan edilar. O’zbekiston rahbariyati bu kabi tashkilotlarni hukumatni ag’darishga harakat qilayotgan guruhlarga yordam berayotganlikda ayblab kelmoqda.
Mamlakatlarda erkinliklar darajasini o’rganadigan Fridom Xaus tashkiloti har yili maxsus reyting tuzadi. Tashkilotning dekabr oyida chiqqan hisobotiga ko’ra, O’zbekiston reyting jadvalining eng past pog’onasidan joy olgan va Kuba, Shimoliy Koreya, Liviya, Suriya, Sudan, Birma va Turkmaniston davlatlari kabi “yomonlarning yomoni” degan unvonga sazovor bo’lgan.