Breaking News

Bush Afg'oniston uchun Kongressdan 1.1 milliard dollar so'ramoqchi


Londonda uchrashgan donor davlatlar Afg'onistonga katta moliyaviy va harbiy yordam va'da qilmoqda. Yordam evaziga Afg'on hukumati qora dori ishlab chiqarish va korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishi lozim. AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays anjuman ishtirokchilariga prezident Bush Kongressdan Afg'oniston taraqqiyoti uchun 1.1 milliard dollar so'ramoqchi ekanini ayon qildi.

Afg’on rasmiylari AQSh keyingi bir necha oy davomida Afg’onistondan 25 mingga yaqin askarlarini olib chiqadi, va ular o’rnini NATO davlatlari harbiylari egallaydi, degan rejadan tashvishda edi.

Ammo Londonda o’tgan matbuot anjumanida Kondoliza Rays AQSh Afg’onistonni qo’llab-quvvatlashini yana bir bor bildirib, AQShning tinch kelajagi Afg’onistondagi vaziyatga bog’liq, deb ta’kidladi.

"AQSh Afg’onistonni har tomonlama - harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan quvvatlaydi. Afg’onistonni tark etish niyatimiz yo’q. Afg’oniston xalqi bizni hamkor deb bilar ekan, hamkorlik davom etaveradi," - dedi Rays xonim.

AQSh askarlari sonini qisqartirgan taqdirda ham, dedi u, afg’on zaminida 16 mingga yaqin harbiy qoladi. Gap askarlar sonida ham emas, deydi Rays xonim, balki AQSh Kobul hukumatiga boshlangan ishni yakuniga yetkazamiz, deb va’da bergan. Unga ko’ra, asosiy vazifalardan biri Afg’onistonda terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurasha oladigan xavfsizlik xizmatini yaratishdir.

Muxbirimiz Deyvid Gollastning xabar berishicha, 2001 yildan beri AQShning bu mamlakatga bergan harbiy va iqtisodiy ko’magi deyarli 10 milliard dollarni tashkil etdi.

XS
SM
MD
LG