TOJIKISTON
Tojikistonda yuz bergan qor ko’chishi natijasida 12 kishi halok bo’ldi, deya xabar qiladi Reuters axborot agentligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko’ra, poytaxt Dushanbedan 250 km uzoqda joylashgan Jirg’atol tumanida yoqqan qattiq qor natijasida qor ko’chishi yuzaga kelgan. Natijada 38 kishi qor tagida qolgan, ulardan 18 nafari qutqarilgan. Vazirlik so’zlovchisiga ko’ra, yana 8 kishi bedarak yo’qolgan. Qutqarilganlardan 10 nafari sovuq urishi natijasida shifoxonaga yotqizilgan.
QIRG’IZISTON
Mazkur yilning yanvar oyida Qirg’izistonning Kant shahrida, O’zbek shoiri Abdurauf Parfining so’nggi asari “Iymon Asiri” kitobi nashrdan chiqdi. Mazkur sheriy to’plam, uch o’zbek farzandi: yaqinda qamoqda joni uzilgan shoir Emin Usmon, hamon tutqinlikda saqlanayotgan shoir va yozuvchi Mamadali Maxmud va qouvg’indagi shoir Muhammad Solihga bag’ishlangan.
Kitobga Pahlavon Sodiq va Abdulkarim Bahriddin muharrirlik qilgan. Kirish so’zi Abdulhamid Ismoil tomonidan yo’zilgan. Rauf Parfi 2005 yilning 28 mart kuni vafot etgan edi.
TURKMANISTON
Turkiya Davlat Vaziri Kursad Tuzmenga ko’ra, Turkmaniston turkiyalik yuk mashina haydovchilariga ikki xaftalik tanaffusdan so’ng yana viza berishni boshlagan. Mazkur yilning 16 yanvar kuni Turkmaniston tomoni hech qanday sababni ko’rsatmay, turkiyalik haydovchilarga viza berishni to’xtatib qo’ygan va 100 lab haydovchilar Turkmanistonga kira olmayotgan edi. Ayrim manbalarga ko’ra, Turkmanistonning Turkiya haydovchilari uchun viza berishni to’xtatishining asosiy sababi, Turkiyadan chiqqan parranda grippi bo’lgan.