Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari-7 fevral


QIRG’IZISTON-QOZOG’ISTON

Qirg’izistonning Iskra qishlog’ida ro’y bergan etnik to’qnashuvdan so’ng hukumat mutasaddilari Qozog’iston bilan chegara bo’ylab xavfsizlik choralarini kuchaytirdilar.

Bunga, deya xabar beradi Qirg’iziston chegara xizmatining matbuot markazi, Qozog’iston chegarasidan chamasi yuz metrlar uzoqlikda yashovchi do’nganlar va mahalliy qirg’izlar orasida yuz bergan to’qnashuv sabab bo’ldi.

Iskra qishlog’ida vaziyat normallashayotgan bo’lsada, yangi mojarolar kelib chiqmasligi uchun, militsiya va ichki qo’shinlardan tashkil topgan guruh safarbar etilgan.

Qshloqida 2500ga yaqin aholi istiqomat qilsada, uchdan ikki qismini do’nganlar tashkil etadi.

QOZOG’ISTON

Bosh vazir Doniyol Ahmedov Qozog’istonni dunyoda uran ishlab chiqaruvchi yetakchi mamlakatga aylantirish taklifi bilan chiqdi. Vazirlar mahkamasining yig’lishida gapirar ekan janob Ahmedov: “Qozog’iston dunyoda uran zahiralarining 25 foiziga ega ekan, biz uran ishlab chiqarish bo’yicha qudratli davlatga aylanishimiz mumkin”, dedi.

RiaNovostining xabar qilishicha, atom zavodlarida ishlatiladigan bu radioaktiv moddani ishlab chiqarish, Qozog’iston uchun yana bir daromad manbaiga aylanishi mumkin.

“Bizga yangi dasturlar kerak, ayniqsa uran depozitlarini rivojlantirishda Rossiya bilan hamkorlik qilmog’imiz zarur”, dedi Bosh vazir Ahmedov.

ROSSIYA

Moskva yaqinida ro’y bergan yong’inda sakkiz nafar O’zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo’ldi, deya xabar qiladi Moskva militsiyasi.

RiaNovostining xabar qilishicha, yong’in Xlebnikovo qishlog’idagi sabzavot ombori bilan birikkan bir qavatli uyda sodir bo’lgan. Tojikiston fuqarolaridan yana ikki nafari turli jarohatlar bilan shifoxonaga keltirildilar.

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Rossiya hukumatini markaziy osiyoliklarning ishlash sharoitini yaxshilash va Rossiya xududida ular huquqlarini tan olishga undab kelmoqdalar.

XS
SM
MD
LG