Breaking News

Almatida giyohvandlik va qora dori savdosiga qarshi kurashuvchi markaz ochiladi


Toshkentda giyohvandlik nazorati yuzasidan mintaqaviy hamkorlik Memorandumini imzolagan davlatlarning tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida giyohvandlikka qarshi kurash markazi tuzish haqida bitim imzolandi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi axborot markaz Almati shahrida joylashadi. Ishtirokchi davlatlar tomonidan imzolangan rezolyutsiyaga ko`ra, markaz giyovand moddalarning noqonuniy savdosi, psixotrop moddalar va prekursorlarga qarshi kurashda faoliyat yuritadi. Markazning Almati shahrida joylashishi bir qator texnik va tashkiliy masallar bilan bog`liqligi aytib o`tildi.

Bu safargi uchrashuv BMT tashkilotchiligida o`tdi. Unda BMT Gihoyvand moddalar va jinoyatchikka qarshi kurash Boshqarmasi tomonidan Afg`onistonda va Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarning yetishtirilishi va savdosi hamda bu borada olib borilayotgan faoliyatlar haqida axborot berildi.

Afg`onistonda yetishtirilayotgan qora dorining eng ko`p qismi Tojikistonda ushlab qolinadi. O`tgan yilning birinchi yarim yilligida Tojikistonda 838 kilogram geroin musodara qilingan. Bu Tojikistonning Afg`oniston bilan chegaralarining uzunligi va tog`li chegara hududlarining noqonuniy savdo uchun qulayligi bilan izohlanadi. Bu borada ikkinchi o`rinni band etgan Qozog`istonda esa o`tgan yilning birinchi yarmida 362 geroin ushlab qolingan.

BMT tomonidan Markaziy Osiyo chegaralarini mustahkamlash, bojxona postlarini texnik ta’minlash uchun bir qator loyihalar amalga oshrilmoqda. Faoliyatini boshlashi ko`zda tutilayotgan markazning texnik ta’minoti uchun ham BMT tomonidan 6,5 millilondan ziyod AQSh dollari ajratilgan.

O`zbekiston rasmiylariga ko`ra o`tgan yili mamlakatda giyohvandlar sonining kamayishi qayd etilgan, biroq boshqa manbalar O`zbekistonda immunitet taqchilligi bilan kasallanganlarning soni aynan giyohvand moddalar iste’moli hisobiga ko`payayotganini bildiradi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G`anievga ko`ra Afg’onistonda aksilterror operatsiyasi o`tkazilganda so`ng davlatchilik va iqtisodiyot tiklana boshladi.

- O`zbekiston tomoni giyohvandlikka qarshi kurash nafaqat giyohvand moddalar ekilayotgan hudud atrofida xafvsizlik belbo`gi barpo etish, jazo va ma’muriy choralarni kuchaytirish, balki Afg`oniston iqtisodini tiklash, aholini qonuniy ish bilan ta’minlash orqali olib borilishi zarurligini ta’kidlab kelgan, - dedi Elyor G’aniev.

Toshkentdagi uchrashuvda Qozog`iston, Qirg’iziston va O`zbekiston tashqi ishlar vazirlari Memorandumga qoshilgan Ozarbayjon, Rossiya va Turkmaniston kabi davlatlarning elchilari ishtrok etdilar. BMT tomonidan esa Giyohvandlikka va jinoyatchilikka qarshi kurash Boshqarmasi ijrochi direktorining o`rinbosari Sumra Nayon qatnashdi. Uning aytishicha, BMT giyohvandlikka qarshi kurashga xalqaro hamjamiyatning e’tiborini jab qilishda davom etadi va bu borada hukumatlarni hamkorlikka chaqiradi.

Memorandum ishtirokchilarining kelasi uchrashuvning Almati shahrida o`tishi belgilandi.

O`tgan yili Afg`onistonda to`rt ming yuz tonnadan ortiq afyun (opium) moddasi ishlab chiqarilgan. Afg`onistonda yetishtiriladigan giyohvand moddalarning 24 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali o`tadi.

O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi giyohvand moddalar nazorati axborot analitika Markazi direktori Kamol Do`smetov bergan ma’lumotlarga ko`ra, O`zbekistondagi giyohvand moddalarining tranziti asosan Afg`oniston bilan chegaradosh bo`lgan Surhondaryo viloyati orqali o`tadi. O`zbekistonda 2004 yilda 590 kilogram yaqin giyohvand moddalari ushlab qolingan.

“Bu holat 2005 yilda saqlanib qoldi. Afg’onistondan ushlab qolingan giyohvand moddalarning 45 foizi 250 kilogramga yaqini va 52 kilogram ushlangan opium moddasining 56 foizi Surhondaryo viloyatiga to`gri keladi,” - deydi Kamol Do`smetov.

BMT Giyovandlikka va jinoyatchilikka qarshi Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakili Jeyms Kallaxanning aytishicha, 2005 yilda Afg`onistonda giyohvand moddalarni yetishtirish va ishlab chiqarish harakatida biroz susayish kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG