Breaking News

Qishki Olimpiya O'yinlarida O'zbekistondan to'rt sportchi qatnashmoqda


Italiyaning Turin shahrida boshlangan XX Qishki Olimpiya O`yinlarida O`zbekistondan to`rt nafar sportchi qatnashmoqda. O`zbekistonlik sport sharhlovchilariga ko`ra, ularda sovrinli o`rinlar egallash imkoniyati bor.

Bular tog` chang'ichisi G`aytar Ermetov, figurachilar Marina Agalina va Artyom Knyazevlar juftligi, shuningdek, yakka tartibdagi fugurali uchish bo`yicha sportchi Anastasiya Gimozeddinovalar.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi sport bo`limi boshlig`i Alixon Burxonov bergan ma'lumotlarga ko`ra, G'ayrat Ermetov Chimgon sport bazasida tayyorgarlik ko`rgan bo`lsa, figurali uchish bo`yicha qatnashayotgan sportchilar tayyorgarlikni Rossiyada o`tkazishgan. Alixon Burxonov o`zbekistonlik sportchilarning imkoniyatlarini baholash borasida shoshilmaslik lozimligini ta'kidlaydi. O`zbekiston delegatsiyasiga Milliy Olimpiya qo`mitasining prezidenti boshchilik qilmoqda.

O`zbekiston televideniyesining sporst sharhlovchisi Eldor Mustafoyev Olimpiya o`yinlarida ishtirok etayotgan sportchilar bu o`yinlarga qatnashish huquqini Osiyo chempionati musobaqalarida qo`lga kiritishganini aytadi.

Eldor Mustafoyev o`zbekistonlik sportchilarning Olimpiada savrindori bo`lishlariga imkoniyatlari bor, deydi.

“Chunki, Olimpiya O`yinlarida Efiopiyadan ham vakillar qatnashishmoqda, ularni oldida bizning sportchilarimizning tajribalari yuqori”, deydi u.

Eldor Mustafoyevga ko`ra, qishki Olimpiya O`yinlari o`zbekistonlik tomoshabinlarga to`g'ridan-to`g'ri va yozib olingan holda namoyish etiladi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasidan olingan ma'lumotga ko`ra, o`zbekistonlik sportchilarning imkoniyatlari sportning boks, erkin kurash turlari bo`yicha yuqoriroq. O`tgan yozgi Olimpiya O`yinlarida o`zbekistonlik bir nechta spotchilar qator sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritishgan.

XS
SM
MD
LG