Zarafshon shahri (O’zbekiston) yaqinida MI-2 rusumidagi vertolyot halokatga uchradi. Ichidagi besh kishining barchasi halok bo'ldi. Ularning uch nafari Navoiy tog’-metallurgiya kombinatining xizmatchilari edi.
"RIA Novosti" axborot agentligining xabar berishicha, vertolyot kuchli yomg’ir va shamol sabab halokatiga uchragan. O’zbekiston Favqulodda holatlar vazirligining bildirishicha, ekipaj qattiq jala ostida vertolyot boshqaruvini qo’ldan chiqargan.