Breaking News

Almatida hujjatsiz ishlayotgan 85 o'zbekistonlik ushlangan


Qozog'istonning Almati shahrida 85 nafar o’zbekistonlik g’ayriqonuniy ravishda ishlayotganlikda ayblanib qo’lga olingan.

Almati Ichki ishlar bo’limi bergan ma’lumotga ko’ra shahar tumanlarida quruvchilik qilib yurgan bu ishchilarning barchasi O'zbekiston fuqarosi va ularning hech birida shaxsiy guvohnoma bo’lmagan.

Rasmiylarning aytishicha, ayblanuvchilar sudlangach, vataniga qaytariladi.

XS
SM
MD
LG