Breaking News

Tojikiston sudi 17 nafar afg'onistonlik ustidan hukm chiqardi


Tojikiston sudi 17 nafar afg’onistonlikni politsiya xodimini o’ldirgani, odamlarni garovga olgani va qurol-yaroq savdosi bilan shug’ullangani uchun 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi.

Xatlon viloyati sudi o’rinbosari Jamolxon Saidovga ko’ra, mazkur jinoiy guruh, shuningdek, narkotik moddalar savdosi bilan shug’ulanganlikda ham ayblanmoqda, biroq bu borada tergov ishlari hamon davom etyapti.

Sudda, shuningdek, ikki tojikistonlikning ishi ko’rildi. Ular jinoyat sodir etilayotganini bilib turib, militsiya xodimlariga xabar bermagani uchun bir yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

XS
SM
MD
LG