Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo olti mamlakat, AQSh harbiy kuchlarining Osiyodagi ta’sirini muvozanatlashtirish kerakligini bildirib, keyingi yil qo’shma harbiy mashqlar o’tkazishga kelishib oldi. AQShning Vashington Post gazetasi muxbiri Edvard Kodiga ko’ra, mashqlar chegarani noqonuniy kesib o’tish, ichki beqarorlik va Islomiy ekstremistik guruhlarga qarshi birgalikda kurashga qaratiladi.
Xitoy nazarida esa, separatizm, ekstremizm va terorrizmga qarshi birgalikda kurash orqali mintaqada tinchlikni saqlab turish mumkin. Xitoy hukumatiga ayni paytda Shinjon muxtoriyatidagi Uyg’ur separatistlari xavf tug’dirmoqda, deya baholanyapti. Rasmiy Pekin Markaziy Osiyo hukumatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatish orqali, Uyg’ur jangarilarining xorijiy ko’makdan kesmoqchi, deya yozadi Vashington Post.