Breaking News

Muxolifat 2007 yilgi prezident saylovlariga tayyorlanmoqda


O`zbekistonda 2007 yil oxiriga mo`ljallangan prezident saylovlarida ishtirok etish uchun muxolif partiyalar o`z nomzodlarini taqdim etmoqda. Mamlakatdagi rasmiy partiya vakillariga ko’ra esa, bu borada hali bir qarorga kelinmagan.

Muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi uning yetakchisi Muhammad Solihning nomzod sifatida ishtirok etishini rasman ma`lum qildi.

O`zbekistonda parlamentida O`zbekiston Liberal Demokratlar partiyasi ko`pchilik ovozni tashkil etadi. Mamlakatdagi yirik rasmiy partiyalardan biri Xalq Demokratik partiyasi 2009 yilgi parlament saylovlarida hokimyat partiyasi bo`lishga da`vogarlik qilmoqda, biroq 2007 yilda kutilayotgan prezidentlik saylovlari borasida partiyaning aniq pozitsiyasi yo`qligi aytilmoqda.

Xalq Demokratik partiyasining markaziy kengashi raisi Latif G`ulomovga ko`ra, hozircha prezidentlik saylovlarigacha vaqt bor, partiya nomzodni aniqlashtirish borasida yakdil qarorga kelgani yo`q.

Kuzatuvchilarga ko`ra esa mamlakatdagi qonuniy partiyalarning birontasi amaldagi prezident Islom Karimov turgan paytda, boshqa biron nomzod ko`rsatishga jur`at qila olmaydi.

Mahalliy kuzatuvchilardan biri Toshp`olat Y`oldoshev firkicha, O`zbekiston prezidenti, hukumat atrofidagilar nafaqat o`z nomzodlari, shaxsiyatlari haqida eslatishdan cho`chishadi, president amalda ekan, siyosiy rahbarlikka hech kimni yo`latmaydi.

Kuzatuvchilarga ko`ra rasmiy partiyalar hozirda yuqoridan saylov kampaniyasi haqida qanday ko`rsatma bo`lishini kutmoqda. Shunday keyingina biron tashabbus bildira olishlari mumkin.

Prezidentlikka nomzod ko`rsatgan muxolif partiya vakillarining saylovda ishtiroklari, mavjud qonunchilikka ko`ra ham e`tirozga uchrayotgani ta`kidlanmoqda.

Jumladan, Konstitutsiya 10 yildan ortiq mamlakat tashqarisida yashagan fuqaroning saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etishini ta`qiqlashi, partiyaning qonuniy ro’yxatga olinmagani, shular jumlasidandir.

Muxolifatdan qo`yilayotgan nomzodlar esa 10 yildan ko`proq mamlakatdan tashqarida quvg`inlikda yashagan odamlar.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripovga ko`ra, muholifatning asosiy talabi va intilishi - saylovning erkin o’tkazilishidir.

Shuningdek, Otanazar Oripov, partiyadagi mavjud ma`lumotlarga asoslanib, O`zbekistonda prezidentlik uchun saylovlar o`tishi mumkinligini ham shubha ostiga qo`yayotganligini bildiradi.

O`zbekistonda prezidentlik sayloviga doir qonunga o`zgartirishlar kiritilgan. Bu o`zgartirishga ko`ra, prezidentlik muddati besh yildan yetti yilga cho`zilgan. O`zbekiston prezidenti ikki muddatga saylangan. Konstitutsiyaga ko`ra, bir kishining uchinchi bor prezidentlika saylanishi ta`qiqlanadi. Biroq muxolifat hukumat bu ta`qiqni aylanib o`tish yo`lini o`ylab chiqishi mumkin deb xavotirlanmoqda.

XS
SM
MD
LG