Breaking News

Bakiyev: Namoyishlar Qirg'izistonga qimmatga tushmoqda


Qirg’iziston prezidenti Kurmanbek Bakiyevning aytishicha, mamlakatda davom etayotgan namoyishlar va mitinglar Qirg’zistonga qimmatga tushyapti.

“Men bu bilan Konstitutsiya tomonidan belgilangan huquqlarga, jumladan fuqarolarning tinch yig’ilishlariga va namoyishlariga qarshi chiqayotganim yo’q”, -dedi Bakiyev.

Prezident Bakiyev agar namoyishlar transport qatnovini to’xtatib, ijtimoiy va siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga xizmat qiladigan bo’lsa, mahalliy ma’muriyat qonunga rioya qilgan holda buning oldini olishga harakat qilishi lozim, deya ta’kidladi.

Qirg’izistonning “Islohotlar uchun” harakatiga ko’ra, 27 may kuni bir qator siyosiy partiyalar va nohukumat tashkilotlar ishtirokida Bishkekda navbatdagi namoyishlar o’tkazilishi rejalanmoqda.

Harakat vakillari namoyishlarda 40 mingga yaqin odamni olib chiqish va'da berib, konstitutsiyaviy islohotlar, huquq-tartibot va adliya tizimidagi o’zgarishlar, uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish va mustaqil matbuotni ta’minlash talabi bilan chiqishlarini bildirganlar.

XS
SM
MD
LG