Breaking News

Qozog'iston AQSh bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda


Qozog’iston Mudofaa vaziri o’rinbosari, general-leytenant Bulat Sembinov boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrif buyurib, amerikalik hamkasblari bilan besh yillik harbiy hamkorligi dasturi, hamda NATO bilan hamkorlik borasida muzokara o’tkazdi, deya xabar beradi Qozog’iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Muloqot chog’ida AQSh rasmiylari, mamlakatlararo kelishuv doirasida, Qozog’istonni harbiy texnika va zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Qozog’iston axborot agentligiga ko’ra, AQSh qurolli kuchlari ushbu yilda Qozog’istonda o’tadigan “Dasht burguti” harbiy manyovrlarida ilk bor ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG