Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev, uning mamlakati 2009 yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilishiga umid bildirmoqda. Ostonada talabalar bilan uchrashar ekan, Nazarboyev dunyodagi eng katta regional xavfsizlik tashkilotini boshqarish imkoniyati Qozo’giston mavqeini yaxshilash uchun xizmat qiladi, deya ta’kidladi.
Nazarboyev iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida o’tishi kutilayotgan va mazkur yildan boshlab Rossiya raislik qiladigan Katta Sakkizlikka a’zo, rivojlangan davlatlar sammitida ham ishtirok etishini bildirdi. “Sammitda mamlakatimizning energetik salohiyati muhokama ostida bo’ladi”, dedi Qozog’iston prezidenti.
Shuningdek, Nazarboyev 2007 yilga borib Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishimiz zarur, deya ta’kidlab o’tdi.