Xalqaro tashkilotlar Markaziy Osiyoda o’lim jazosini bekor qilinishi yo’lida jamoatchilik kampaniyasi boshlagan, deydi Inson huquqlari bo’yicha Xalqaro Xelsinki Federatsiyasi vakili Almatida o’tgan davra suhbatida.
Uning aytishicha, o’lim jazosiga nisbatan maratoriy qo’yilishi u bekor qilindi, degani emas.
Xelsinki Federatsiyasi o’tgan yili Markaziy Osiyo bo’ylab ikki yillik loyiha boshlab, xalqni bu borada bilim saviyasini oshirish va unga o’lim jazosining salbiy tomonlarini tushuntirishga bel bog’lagan.
Hozirda Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda o’lim jazosiga nisbatan maratoriy mavjud. O’zbekistonda esa o’lim jazosi prezident farmoniga binoan 2008 yilning 1 yanvaridan bekor qilinadi. Turkmaniston esa 1999 yilda o’lim jazosini bekor qilgan.