Breaking News

AQSh Qirg'izistondagi harbiy kuchlarini saqlab qolish harakatida


AQShga Qirg’izistondagi havo kuchlarini saqlab qolish uchun berilgan muddat uzaytirildi.

Prezident Kurmanbek Bakiyev baza uchun iajara haqqini oshirish borasida kelishuvga kelishni kechiktirgan. Prezident idorasiga ko’ra, Qirg’iziston AQSh bilan bu borada yaqin kelajakda bir bitimga keladi, deya umid qilmoqda.

Bakiyev AQShdan Manasdan foydalanish uchun yiliga 200 milliondan oshiq dollar haq so’ramoqda. AQSh ijara uchun ko’proq to’lashga tayyorligini bildirgan, ammo aynan qancha to’lamoqchi ekanini aniq bildirmayapti.

“Gansi” aviabazasi Qirg’izistonga 2001 yilning dekabr’ oyida, Afg’onistonda boshlangan xalqaro terrorizmga qarshi kurash doirasida joylashtirilgan.

Amerika shu kungacha baza uchun Qirg’izistonga yiliga 2 million dollar miqdorida haq to’lab kelgan.

Yaqinda prezident Bakiyev agar amerikaliklar 1 iyunga qadar baza ijarasi bo’yicha yangi shartnoma imzolamas ekan, Qirg’iziston 2001 yilda AQSh bilan tuzilgan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha bitimni bekor qilish huquqini saqlab qolishini ma’lum qilgan edi. Bu amalda AQSh bazasi Qirg’izistonni tark etadi, demakdir.

Yopiq eshik ortida o'tayotgan muzokaralarda AQSh Davlat departamenti maslahatchisi Robert Loftes, Qirg’iziston Mudofaa va Tashqi Ishlar vazirligi vakillari va “Manas” aeroporti rahbariyati vakillari qatnashmoqda. Robert Loftes muzokaralar boshida Bakiyevga AQSh prezidenti maktubini topshirgan.

XS
SM
MD
LG