Breaking News

Shanxayda imzolangan hujjat matbuot erkinligini cheklashi mumkin


Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Shanxayda o'tayotgan sammitida a`zo davlat rahbarlari tomonidan imzolangan ayrim hujjatlar O`zbekistonda mustaqil jurnalistlar va kuzatuvchilarning xavotiriga sabab bo`lmoqda.

Shanxayda o`tayotgan sammit doirasida davlat rahbarlari 10 ta hujjat imzolashgan. Ularning biri Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlat rahbarlarining xalqaro axborot xavfsizligini ta`minlashda hamkorlik qilish haqidagi qo`shma murojaatidir.

Matbuotdagi ayrim xabarlarda mazkur hujjatning imzolanish ahamiyati axborot maydonidan terrorchilik yoki boshqa jinoyatlar maqsadida foydalanishni oldini olish ekanligiga urg`u beriladi.

O`zbekistondagi mustaqil jurnalist va kuzatuvchilarning bildirayotgan tashvishlariga ko`ra, hujjat mintaqani, jumladan O`zbekistonning tashqaridan axborot olish imkoniyatini to`sishga qaratilishi bilan birga hozirgacha asosan Internet sahifalarida mavjud bo`lgan mustaqil axborot manbalarini ham keskin cheklanishi mumkin.

Kuzatuvchilar bu borada Xitoy tomonidan so`z erkinligini cheklash uchun amalga oshirilayotgan texnologik yutuqlar mazkur imzolangan hujjatning amaliyoti uchun qo`l kelishini bildirishmoqda.

Mahalliy ekspertlardan biri Toshp`olat Yo`ldoshevga ko`ra, bu tariqa hujjatning imzolanishi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlarning so`z erkinligidan manfaatdor emasligi bilan bog'liq va xususan O`zbekistonda demokratiyaga nisbatan, mustaqil jurnalistlar faoliyatiga nisbatan ta`qiblarni oshiradi va mustaqil axborot saytlariga yanada kuchliroq to`siqlar qo`yilishiga xizmat qiladi.

Axborot xafsizligini ta`minlash haqidagi hujjat asosan Internet orqali munosabat o`rnatayotgan o`zbek muxolifati vakillarining axborot faoliyatini ham keskin cheklash ehtimoli ta'kidlanmoqda.

XS
SM
MD
LG