Breaking News

Tojikiston AQSh bilan aloqalarni kuchaytirish niyatida


28 iyun kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonov, AQShning Dushanbedagi elchixonasining yangi binosi ochilishi marosimida gapirar ekan, Tojikiston Vashington bilan har sohada aloqalarni kuchaytirishga tayyor, dedi.

Mazkur yilda rasmiy Vashington Tojikistonga 18.6 million dollar yordam puli ajratgan. Tojikiston ham Afg’onistondagi AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlariga o’z havo kengliklaridan foydalanishga ruxsat bergan.

XS
SM
MD
LG