Breaking News

Baku-Tbilisi-Jayhun neft quvuri ishga tushdi


13 iyul kuni, Baku-Tbilisi-Jayhun neft quviri rasman ochildi. Ozarbayjon nefti Turkiyaning Jayhun shahrida katta tantana bilan kutib olindi.

1700 kmlik neft quvirining ochilishida, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Gruziya rahbari Mixail Saakashvili, Turkiya prezidenti Ahmad Nejdet Sezer, shuningdek 31 davlatning yuqori martabali vakillari qatnashdi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga ko’ra, mazkur kun turkiy xalqlar uchun tarixiy kundir. “Ozarbayjon gazi va neftini, Gruziya orqali Turkiyaga keltirilishi katta strategik ahamiyat kasb etadi. Xalqlarimiz orasidagi do’stlik va hamkorlik rishtalarining yanada mustahkamlanishidan dalolat bu”, -deya ta’kidladi Ozarbayjon rahbari.

Yaqin kelajakda Baku-Tbilisi-Jayhun neft quvuri loyihasiga Qozog’istonning ham qo’shilishi kutilmoqda. Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarbayev esa 15 iyul kuni “Katta Sakkizlik”ning Sankt-Peterburgda boshlanadigan sammitida kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Qosimjo’mart Tokayevning aytishicha, maqsad - bugungi kunda Qozog’istonning Yevrosiyoga qaratilgan energetika strategiyasini muhokama qilish. “Prezident sammitga jiddiy tayyorlanmoqda hamda dunyoning eng yirik sanoatlashgan davlatlari uchun neft va gaz borasida jiddiy takliflar qilmoqchi”, -dedi vazir Tokayev.

XS
SM
MD
LG