Breaking News

Alisher Usmonov Kommersantni sotib olmoqda


Rossiyada yirik metallurgiya sanoatchisi Alisher Usmonov mamlakatdagi yetakchi biznes gazetasi Kommersantni sotib olmoqda.

Rossiya rahbari Vladimir Putinga yaqin tadbirkorning katta gazetani gruzin biznesmeni Badri Patarkatsishvilidan sotib olayotgani - Kreml matbuot erkinligini yanada bo’g’ishga urinayotganidan darak sifatida sharhlanmoqda.

Patarkatsishvili Kommersantni va uning nashriyotchisini shu yilning boshida boshqa bir magnat Boris Berezovskiydan xarid qilgan edi.

Hozirda Londonda yashovchi Berezovskiy esa Kreml tomonidan qalloblikda va soliq to'lamaganlikda ayblanadi.

XS
SM
MD
LG