Breaking News

SamKocAuto bankrot deb e'lon qilindi


Samarqand viloyat xo'jalik sudi "Otayo'l" avtobuslari bilan yaxshi tanilgan - O'zbekiston -Turkiya qo'shma korxonasi "SamKocAuto" ni bankrot deb e'lon qilgan.

“O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi vakilining matbuotda bergan ma`lumotiga ko`ra xo`jalik sudining qarori Turkiya kompaniyasi tomonidan belgilangan majburiyatlarning bajarilmaganiga asoslangan.

“O`zavtosanoat” vakiliga ko`ra, kichik avtobuslar uchun Turkiyadan butlovchi qismlarning keltirilishi mo`tadil amalga oshmagan, korxonada ishlab chiqarish hajmi ko`tarilmagan va iqtisodiy jihatdan o`zini oqlay olmagan.

Ayni paytda, sud qaroriga ko`ra, qo’shma korxona ustidan boshqaruv o`rnatilgan, uni tugatish bo`yicha jarayon amalga oshirilmoqda.

Turkiyaning Koc Holding kompaniyasi o`ziga qarashli 50 foiz aksiyalarni O`zbekiston tomoniga sotishni taklif qilgani va bu taklif muhokama etilayotgani haqida ma`lumotlar bor.

O`zbekiston-Turkiya qoshma korxonasi 1999 yilda tashkil etilgan va asosan “Otayo`l” rusumli kichik avtobuslar ishlab chiqarishi bilan tanilgan. O`zbekistonda jamoat transportlarida yo`lovchi tashishda “Otayo`l” avtobuslaridan foydalanish keng yo`lga qo`yilgan.

Hozircha Turkiya Koc Holding kompaniyasi sudning bankrot qaroriga munosabat bildirmagan. Kuzatuvchilar O`zbekistondagi iqtosodiy vaziyat chet-el kapitalining ishlashini tobora qiyinlashtirayotganini ta`kidlashadi.

Yaqinda tilla qazib chiqarishga ixtisoslashgan AQSh-O`zbekiston hamkorligidagi “Zarafshon-Nyumont” korxonasini bankrotlikka tushishi yuzasidan sud jarayoni boshlangan edi.

XS
SM
MD
LG