O’zbekiston sudi AQShda asoslangan Nyumont Mayning (Newmont Mining Corporation) oltin qazib chiqarish kompaniyasi hamkorligida tuzilgan Zarafshon-Nyumont qo’shma korxonasini bankrot deb e’lon qildi.
Sud qaroriga ko’ra, Zarafshon-Nyumont korxonasi uch oy davomida likvidatsiya qilinishi lozim, deydi kompaniya advokati Aleksandr Voronin.
2005 yil Andijon voqealari ketidan AQSh-O’zbekiston aloqalari sovuqlashgach, rasmiy Toshkent AQShga tegishli tashkilot va kompaniyalarni mamlakatdan chiqarib yuborish harakatiga tushgan.
Jumladan, o’tgan yilning iyul oyida Zarafshon-Nyumontga tegishli oltin ulushi hukumat tomonidan olib qo’yilib, korxonaga 2002-2005 yillar davomida soliqlarni to’lamaganlik aybi qo’yilgan.
Nyumont rahbari Veyn Murdi (Wayne Murdy)ning aytishicha, O’zbekiston bilan barcha faoliyat to’xtatilgan. “Shu yil iyun oyida men O’zbekistonni tark etdim va barcha yordamchilarimni ham olib ketdim”, - deydi janob Murdi. O’tgan yil kompaniya O’zbekistondan 3 tonnaga yaqin oltin eksport qilingan.