Breaking News

O'zbekiston Internetni cheklashda davom etmoqda


Toshkentda o`tgan axborot texnoligiyalari ko`rgazmasida, O`zbekiston bu soha bo’yicha xizmat ko`rsatishda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi yetakchi mamlakatlardan biri deb tilga olingan. Tanqidchilar nazarida esa O`zbekiston hukumati zamonaviy axborot vositasi - internet ustidan keskin nazorat o’rnatgan avtoritar tuzumlardan biridir.

Internet xizmatidan foydalanuvchilarning soni O`zbekistonda 1 million 200 mingdan oshgani aytiladi.

Kuzatuvchilarga ko`ra esa bu foydalanuvchilarning huquqlari, jumladan axborot olish huquqlari keskin buziladi va nazorat ostiga olingan.

Ular ta’biricha, O`zbekistonda kirish ta`qiqlangan mustaqil axborot saytlarining ro`yxati mavjud. Ular qatorida hukumatga muxolifligini ma`lum qilgan partiyalarning rasmiy saytlari ham bor. Bu saytlarga qoyilagan to`siqlarni aylanib o`tishni hamma ham uddasidan chiqa olmaydi.

So`nggi yillarda mustaqil axborot saytlari ustidan nazorat yanada kuchaytirlgan. Fergana.ru axborot sayti jurnalisti Aleksey Voloseyevichning aytishicha, axborot saytiga to`siq, ayniqsa Andijon fojialarida so`ng kuchaygan.

- Shunday keyin saytga kiruvchular soni yigirma barobar qisqargan bo`lishi ham mumkin. Bu albatta hukumat ozi haqida odamlarning to`gri axborot olishini istamasligi bilan bo`gliq. Hukumat faqat tepadan yuborgan maqtovlardan iborat tavsiyalarnigina axborot sifatida tarqalishini xohlaydi, - deydi jurnalist.

Voloseyevich fikricha O`zbekiston hukumati internet saytlarni to`sishdan tashqari aynan internetda yozuvchi jurnalistlarga nisbatan tazyiqlarni ham kuchaytirmoqda.

- Hukumat internetni mutlaqo nazorat qila olmasligini bilgach, o`zi ozchilikni tashkil etuvchi mustaqil jurnalistlarga nisbatan hujumni boshladi. Ulug`bek Haydarovni hibsga olisnishini o`zi xos ogohlantirish sifatida qabul qilish mumkin, - deydi Voloseyevich

Mamlakatda va chet-elda faoliyat yuritayotgan internet saytlarni mutlaqo to`sishning imkoni yo’q. Internet saytlaridan axborot oluvchilarning avvalgiga nisbatan bir necha barobarga kamayganiga qaramasdan ham mustaqil axborot manbalari hukumat uchun xavfli bo`lib qolayotgani kuzatiladi.

O’zbekiston Milliy Universiteti talabalaridan biri nazarida internetga qo`yilayotgan to`siqlardan qat`iy nazar talabalar o`rtasida mustaqil internet saytlariga nisbatan qiziqish katta va talabalar bir-birlarini yangi mustaqil axborot olish imkoniyatlari haqida xabardor qilib turadilar.

- Provayderning o`zi ularga blok qo`yadi. Biz provayderlar bilan hech qanday shartnoma imzolamaymiz. Provaderlar bilan ehtimol maxsus xizmatlar o`rtasida shunaqa saytlar ochilmasligi haqida kelishuv bo`lsa kerak. Xullas, biz bu jarayonda hech qanday ishtirok etmaymiz, xizmatni ko`rsatishimizda o`zi avvaldan aniqlashtirlgan bo`ladi qaysi biri ochiladi, qaysi biri yoq. Provayderlar hozir ko`p, lekin asosiysi baribir O`zbektelekom, - deydi internet kafesida xizmat ko`rsatuvchi bu yigit.

O`zbekistonda ochilishi ta`qiqilangan mustaqil axborot saytlaridan axborot qidirayotgan o`quvchilarga qanday tavsiyalar berish mumkin, degan savolga internet kafesi xizmatchisi shunday javob beradi:

“Moskvaga borishsin, u yerda hamma saytlar ochiladi, internet bilan muammo yoq”.

“O`zbektelekom” davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan Uznet kompaniyasi vakilining aytishicha esa O`zbekistonda o`ta siyosiy va pornografik saytlarga kirish ta’qiqlangan. Mustaqil axborot saytlari qanchalik “o`ta siyosiy” bo`lishi va bu toifaga qanday saytlar kirishini Uznet kompaniyasi vakili izohlamaydi.

XS
SM
MD
LG