Breaking News

Turkmanboshi 10 mingdan ziyod mahbusning gunohidan kechdi


Turkmaniston prezidenti 10 mingdan ortiq mahbusni, jumladan 2002 yilda unga suiqasd qilganlikda ayblangan sakkiz kishini avf etganini e’lon qildi.

Amnistiya qarori 27 oktyabr mamlakat mustaqilligi bayrami arafasida amalga oshiriladi.

Prezident Saparmurat Niyozov unga suiqasd qilishga uringanlikda aybdor deb topilib, uzoq muddatga qamalgan kishilarning ba’zilarini “aybi og’ir” deb kechirmagan.

“Turkmanboshi” Niyozov mamlakatni 1985 yildan beri boshqarib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG