Toshkent viloyatining O’rta Chirchiq tumanida tonggi soat 7.30 da harbiylarni olib ketayotgan AN-2 samolyoti halokatga uchragan.
15 yo’lovchining barchasi nobud bo’lgan. Ulardan 2 kishi uchuvchu, 13 nafari Mudofaa vazirligi xodimlaridir.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, voqea o’quv-amaliy mashg’ulotlar chog’ida ro’y bergan. Ob-havo yomonlashgani sababli ekipaj laynerni boshqara olmay, aerodrom tashqarisiga qo’nishga harakat qilayotganda qulagan.
Layner “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasiga qarashli bo’lgan.
O’zbekiston hukumati marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Voqea sabablarini o’rganish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuzilgan.