Breaking News

Qirg'izistonda yangi konstitutsiya loyihasi ko'rib chiqilmoqda


Qirg’izistonda “Islohotlar uchun!” harakati boshchiligida muxolifat prezident bilan murosa yo’lini tanlagan.

Har ikki tomon ayni paytda konstitutsiyaning yangi loyihasini muhokama qilmoqda. Hujjat parlamentning uchdan-ikki qismi tomonidan ma’qullansa, prezident yangi konstitutsiyani qabul qilishga majbur bo’ladi.

Loyiha prezident vakolatlarini sezilarli darajada qisqartirish, parlamentni esa kuchaytirishni ko’zlaydi.

Muxolifatga ko’ra, prezident Bakiyev yangi konstitutsiya loyihasini imzolagan taqdirda o’zi va bosh vazirni iste’foga ketishdan qutqarib qoladi. Aks holda, namoyishlar davom etadi.

Muxolifat nazarida, prezident Bakiyev inqilob ketidan bergan va’dalarini bajarmayapti va siyosiy islohotlarni boshlamayapti.

XS
SM
MD
LG