AQSh Vakillar Palatasiga tarixda ilk bor ayol qonun chiqaruvchi raislik qiladigan bo’ldi. Kaliforniya shtatidan saylangan vakila Nensi Pelosi (Nancy Pelosi) demokratlar g’alabasi ketidan Kongressdagi eng muhim vazifani qo’lga oladi.
66 yoshli liberal Kongressga 1987 yilda saylangan. 2002 yildan beri Vakillar Palatasida demokratlarga sardorlik qilayotgan edi.
Nensi Pelosi respublikachilar va prezident Bushning end ashaddiy tanqidchilaridan biri. "Kongress va Vashingtonda siyosiy ahloq va javobgarlikni qayta tiklaymiz",- deb va’da bermoqda.
Pelosi xonim inson huquqlari himoyachisi va tili o’tkir siyosatdon sifatida tanilgan.
Qonunchi Merilend shtatining Baltimor shahrida, italyan amerikalik katolik oilasida voyaga yetgan. Uning otasi Tomas D'Alesandro Kongressda vakillik qilgan va uzoq yillar davomida Baltimor shahar hokimi bo’lgan.
Nensi Pelosi besh farzandning onasi va besh nabiraning buvisi.
AQSh konsitutsiyasiga binoan Vakillar Palatasi raisi prezident o’rni muddatidan oldin bo’shagan taqdirda uni egallash uchun vitse-prezidentdan keyin ikkinchi o’rinda turadi.