AQShdagi Jurnalistlar xalqaro markazi to’rt davlat vakiliga yuksak mukofotlarini taqdim etdi. Ular AQSh, Iroq, Xorvatiya va o’zbekistonlik jurnalistlardir.
Amerikalik telejurnalist Bob Shifer ko’p yillik mehnati uchun, iroqlik Shadha-al-Jubori Bi-Bi-Si (BBC) radiosida mamlakatdagi ahvolni yoritishdagi mahorati uchun, xorvatiyalik jurnalist Drago Xedl mamlakatidagi siyosiy o’zgarishlar haqida yozgani uchun bu sovringa loyiq topildi.
O'zbekistonlik jurnalist Bagila Buxarbayeva esa Andijon voqealarini mustaqil va mardona yoritgani uchun tadqirlangan.
Jurnalistga ikki yil avval Rossiyada o'ldirib ketilgan amerikalik kasbdoshi Pol Xlebnikov sharafiga qo'yilgan mukofot nasib etdi. Xlebnikov "Forbes" moliya jurnalining Moskvadagi bosh muharriri edi.
Buxarbayeva AQShda asoslangan Associated Press axborot agentligining Markaziy Osiyo bo'yicha muxbiri. U o’tgan yili Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi tomonidan yuksak mukofotlangan Galima Buxarbayevaning opasidir.