Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o’tgan professional boks kechasida o’zbekistonlik Ruslan Chagayev amerikalik raqibi, WBA rusumi bo’yicha og’ir vaznlilar o’rtasida ikki karra sobiq jahon chempioni Jon Ruizni ochkolar bo'yicha do’gda qoldirishga muvaffaq bo’ldi.
12 raund davom etgan jangda tashabbus to’laligicha Ruslan qo’lida bo’ldi, biroq u o’z hisobiga navbatdagi nokautni qo’sha olmadi. Shunga qaramay uch hakamning ikkitasi g’alabani 117-111 va 116-112 Ruslanga bergan bo’lsa, uchinchi hakam Ruizni 115-114 hisobida g’olib deb topdi.
Ruiz ustidan erishilgan g’alaba Chagayevga kelasi yili jahon chempioni unvoni uchun yo’lni ochib berdi. Buning uchun Ruslan chempionlik kamarini amaldagi jahon chempioni rossiyalik Nikolay Valuyevdan tortib olishi kerak bo’ladi.
Dyusseldorfdagi jangni tomosha qilganlar orasida Nikolay Valuyevning o’zi ham bo’ldi.