Breaking News

Ikki o'zbekistonlik sportchi Osiyo O'yinlaridan chetlashtirildi


Qatar poytaxti Doxada kechayotgan Osiyo O’yinlarida ikki nafar o’zbekistonlik sportchining doping nazorati vaqtida noqonuniy dorilar, jumladan quvvatbaxsh vositalar qabul qilganligi aniqlandi.

Sportchilarning ikkalasi ham og'ir atletikachilar.

Tibbiy ko’rikda 69 kilogram vaznlilar toifasida Elmira Ramilevaning steroidlardan foydalanganligi, 105 kilogram vaznlilar orasida esa Aleksandr Urinovning marixuana qabul qilgani ma’lum bo’lgan.

Har ikki sportchi Osiyo O'yinlaridan chetlashtirildi, biroq sportdan ham ikki yilgacha uzoqlashtirilishi mumkin. Ramileva musobaqalarda beshinchi, Urinov esa yettinchi o'rinni egallagan edi.

XS
SM
MD
LG