Breaking News

Taniqli dinshunos e'tiqodlar-aro muloqotga chaqirmoqda


Britaniyalik dinshunos olima Karen Armstrong fikricha, sivilizasiyalar-aro to’qnashuvni bartaraf etish uchun, nasroniy va islom dunyosi o’rtasida muloqot o’rnatish zarur.

Uning a’zoligidagi tashabbus guruhi yaqinda BMT Bosh kotibi Kofi Annanga qator tavsiyalar bilan chiqdi.

Musulmon va boshqa din vakillari orasida aloqalarni yaxshilash uchun, deydi Karen Armstrong, birinchi navbatda Islom dini haqidagi noto’g’ri tasavvurlarni yo’qotish lozim.

Islom nomi ostida amalga oshirilgan zo’ravonliklar esa bir guruh fanatiklar dunyoqarashini aks ettirishini tushuntirish kerak.

G’arb azaldan islom dinidan qo’rqib kelgan, deydi olima.

“Bu Salib yurishlari davriga borib taqaladi. Islom va Iudaizm dinlari Yevropani dahshatga solgan. Nasroniylarning musulmonlarga qarshi urushi davrida, XII-asrdagi Yevropa olimlari Islomni qilich bilan tarqatilgan din deb ta’riflay boshlagan”, – deydi Armstrong xonim.

Karen Armstrong ta’biricha, G’arb tarixida ham toqatsizlik hollari uchraydi. Bunga xususan xolokostga yetaklagan anti-semitizm misol, deydi olima.

Uning aytishicha, musulmon va g’arb dunyosi tarixi nafaqat ziddiyatlarga, balki aloqalar asrlar davomida tinch va totuvlikka ham guvoh bo’lgan. Sivilizatsiyalar-aro muloqot madaniyatlar orasida hurmat, va bir-biriga quloq tutishni talab qiladi, deydi Armstrong.

Masalan, kishi musulmon bo’lishi uchun, Iso, Muso payg’ambarlari va Xudoning barcha payg’ambarlarini tan olishi lozim ekanini G’arbda ko’pchilik bilmaydi.

“Musulmonlar zo’ravonlik va terrorizmga qarshi ekanini namoyon etishi, tinchliksevarlik, o’zga din va xalqlarga hurmat kabi islom negizida yotgan qadriyatlarga qaytishi lozim”, - deydi olima.

Diniy xayriya jamg’armasi prezidenti Narmin Faxmiy, ushbu tavsiyalar amalda qo’llanilishiga umid bildiradi.

“Haqiqatdan ham, boshqalarni qardlash, bag’rikeng bo’lishimiz kerak. O’zga din vakillariga quloq tutish muhim.”

XS
SM
MD
LG