Breaking News

Bishkek AQSh bilan harbiy shartnomani qayta ko'rib chiqishi mumkin


15 dekabr kuni Qirg’iziston parlamenti hukumatdan 2001 yilda AQSh bilan imzolangan harbiy shartnomani qayta ko’rib chiqishni so'rab qaror chiqardi. Unda hukumat tomonidan Qirg’iziston hududidagi AQSh harbiy bazasining kerakligini o’rganib chiqish so’ralgan.

6 dekabr kuni AQSh bazasiga yaqin postda mahalliy bir haydovchi amerikalik askar tomonidan otib o’ldirilgach, Qirg’iziston deputatlari bazani yopishga chaqirmoqdalar.

Biroq AQSh askar unga pichoq bilan hamla qilgan haydovchidan o’zini saqlash maqsadida qurol ishlatishga majbur bo’lgan deydi.

Parlament qarori AQShni qotillikda gumon qilinayotgan askarni huquq-tartibot organlariga tergov uchun chiqarishga va kompensatsiya pulini to'lashga chaqirgan. Ikki mamlakat o'rtasida bitilgan shartnomaga ko'ra, Qirg'iziston adliyasi AQSh harbiylarini sud qila olmaydi, chunki ularga ham diplomatik daxlsizlik maqomi berilgan.

Qirg’izistondagi AQSh bazasida mingga yaqin harbiy joylashgan.

XS
SM
MD
LG