Breaking News

O'shda o'ldirilgan faolning qotili o'zbekistonlik bo'lishi mumkin


Ikki oy avval O’shda o’zbek milliy-madaniy markazi prezidenti Oybek Olimjonovni otib o’ldirgan kishilar O’zbekiston fuqarolari bo’lishi mumkin.

Bu haqda O’sh shahar Ichki Ishlar xizmati jinoyat qidiruv bo’limi boshlig’i Malik Nurdinov ma’lum qildi.

“Bizdagi tezkor ma’lumotlarga ko’ra, ochig’ini aytadigan bo’lsak, O’zbekistonda bu ishga muayyan aloqasi bor odamlar ustidan jinoiy ish ochilgan. Bu jinoyatni ochamiz degan umiddamiz”, - dedi Malik Nurdinov.

Eslatib o’tamiz, shu yil oktyabr oyida O’sh shahrida o’zbek milliy-madaniy markazi prezidenti Oybek Olimjonovni noma’lum shaxslar o’ldirib ketgan edi.

Oybek Olimjonovning o’limi qirg’izistonlik o’zbeklar orasida qotillik milliy sabablarga ko’ra amalga oshirilgani to’g’risida shubha-gumonlarni paydo qilgan.

Parlament deputatlari va Qirg’iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev Olimjonov qotillarini topish haqida buyruq bergan.

XS
SM
MD
LG