Breaking News

Qoraqalpog’istonda odamlar gaz, energiya va un talab qilmoqda


Qoraqalpog`istonda aholi gaz va elektr ta’minoti yaxshilanishini talab qilib namoyish o’tkazgan. Bundan tashqari, un va paxta yo`gi yetishmayapti.

Qish sovuqlari tushishi bilan respublikaning turli hududlarida norozilik namoyishlari bo’lib otdi. Namoyishchilar, asosan, transport yo`llarini berkitib qo’ygan. Jurnalistlarning aytishicha, bir hafta davom etgan bu chiqishlarda besh mingga yaqin odam qatnashgan.

Norozilik ishtirokchilari fikriga ko`ra, hozirgacha yig`ilib qolgan muammolar odamlarning sabr-kosasini to`ldirdi.

“Xalq juda to`yib ketdi bu boshchilik qilyotgan odamlardan. Birinchidan, gaz bilan elektr energiyasi janjali. Odamlar haqli ravishda gaz bosimini ko`tar deyishayapti. Ikkinchisi – un yo`q hozir. Uchunchi norizolik - o`quvchilar kuzda uch oy, bahorda bir oy o`qishda yo`q. O`zi yetti oy o`qish bo`ldi. Shuning ham to`rt oyini paxta terimi, ko`cha supirish, paxta o`tog`ida yuradi”, - deydi u.

Norozilik namoyishlarida biror siyosiy talablar ko`tarilmagan bol`sada, bu talablarning barchasi bevosita siyosat bilan bo`gliq, deydi mahalliy jurnalistlardan biri.

“Lekin odamlarda hozirgi holatda rahbarlar vaziyatni o`zgartirish uchun biron narsa qilishiga ishonch yo’qolib borayapti. Masalan, bir pensioner bilan gaplashdim, unga ko`ra, agar rahbarlarni kabinetlaridan haydab chiqarmasa, baribir hech narsa o`zgarmaydi. Lekin hozircha siyosiy talablarning o`zi ko`tarilganicha yo`q”, - deydi u.

Norozilik ishtirokchilaridan biri ta’biricha, hukumat vakillari namoyishchilar bilan muzokara qilmagan. Aksincha, prokuratura va ichki ishlar xodimlari tomonidan namoyishchilarga nisbatan bosim o`tkazish boshlangan.

Nukus shahar hokimi muovini Ollanazarov bu boradagi vaziyat bo`yicha shunday izoh beradi:

“Hozir gaz, elektr energiyasi yaxshi. Birdan kun sovugani uchun biz ulgurolmay qoldik. Ayrim joylarga yetmay qoldi. Hozir vaziyat yaxshi, paxta yo`gi degan muammo yo’q, yoz paytlarida ham, hozir ham. Un hozir birjalar oqrali sotilayapti, magazinlarda bor. Men o`zim savdo xodimi bo`lib ishlaganman. Dekabr oylarida ehtiyoj ko`payadi, unday muammolar yo’q”, - deydi Nukus shahar hokimi o`rinbosari Ollanazarov.

Hokim muovini Qoraqalpog’istonda oziq-ovqat, ayniqsa, un bilan bog`liq muammo yo’q, deb hisoblaydi.

Fuqarolar fikricha, Qoraqalpog`istondagi vaziyatni yaxshilangan deb bo`lmaydi. Gaz va elektr ta`minoti nisbatan yaxshilangan bo`lsada, un va paxta yo`gi muammolari yechilmagan.

Namoyish ishtirokchisining aytishicha, odam boshiga 3,5 kilogrammdan un taqsimlash haqidagi ma`lumot keskin e’tiroz tug’dirgan.

“Qoraqalpog`istonda 5 ta un tortadigan kombinat bor, bug`doy yo`q. Bug`doy planini ura-ura bilan bajarib yuborgan. Haqiqatda bug`doy yo’q, shuning uchun kilogram bo`yicha norma belgilanmoqda”, - deydi u.

Uning aytishicha, bozorlarda Qozog`iston uni bor, biroq nisbatan qimmat bo`lgani uchun uni hamma ham birday xarid qila olmaydi.

Qoraqalpog`istondagi norozilik chiqishlari haqida respublika matbuotida odatdagiday ma`lumot berilmaydi. Bu borada O`zbekiston hukumatining munosabati ham noma`lum.

Ishtirokchilar nazarida vaziyat yaxshilanmaguncha norozilik chiqishlari davom etadi. Aholi vokzalda norozilik chiqishlarini o`tkazishni va temir yo`lni berkitishni rejalamoqda.

XS
SM
MD
LG