Breaking News

Toshkentda huquq himoyachisi kaltaklangan


Inson huquqlari faoli Yelena Urlayeva 4 yanvar kuni soat 16.00 atrofida bir guruh noma’lum ayollar tomonidan kaltaklangan. Urlayevaning boshiga, ko`krak qismiga urishgan, tepishgan va sochlaridan tortib, sudrashgan.

Shundan so`ng Urlayeva tez yordam mashinasida poliklinikaga yetkazilgan, tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. Huquq himoyachisi shifoxonaga yotqizilmagan.

Urlayevaning aytishicha, kaltaklar natijasida unda miya chayqalishi qayd etilgan, uning sumkasidagi buyumlari o`girlangan.

Urlayevaning so’zlariga ko`ra, uning kaltaklanishi inson huquqlarini himoyalash borasidagi faoliyati bilan bog`liq.

2 yanvar kuni O`zbekiston huquq himoyachilari uyushmasi yetakchisi Yelena Urlayeva boshchiligida huquq himoyachilari O`zbekiston Bosh prokuraturasi oldida mamlakatdagi siyosiy mahbuslarni ozod etish talabi bilan piket o`tkazgan edi.

Hozirda huquq himoyachisining kaltaklangani yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasiga ariza berilgan.

XS
SM
MD
LG