Breaking News

Vodiy ahli noroziligining sababi nimada?


AQSh Milliy razvedka xizmati boshlig’i Jon Negropontening e’tirof etishicha, Markaziy Osiyo davlatlarida amalga oshirilayotgan siyosiy quvg’inlar mintaqada notinchlik va tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Jon Negroponte fikriga ko’ra, Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan korruptsiya va siyosiy turg’unlik radikal islomiy kayfiyatning rivojlanishiga asos bo’lmoqda.

Aholi zich joylashgan Farg’ona vodiysi ayni mintaqada chegaralari kesishadigan O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston rasmiylari nazdida diniy ekstremizm o’chog’i hisoblanadi.

Mintaqa huquq-tartibot idoralari keyingi yillarda faollashgan aksilterror amaliyotlarini vodiyda diniy guruhlarning avjlanayotgani, aholi o’rtasida tarqalayotgan radikal yo’nalishdagi adabiyotlar va taqiqlangan “Hizb-ut-Tahrir” diniy oqimining faoliyati bilan izohlaydilar.

Ammo mahalliy kuzatuvchilar nazarida, vodiy aholisi o’rtasida ekstremistik kayfiyat kuchayishining sababi islom dini emas, mintaqa rahbarlari yuritayotgan siyosiy qatag’ondir.

Vodiylik din kishisining aytishicha, O’zbekistonda notinchlik va tartibsizliklarga eng avvalo iqtisodiy va siyosiy omillar sabab bo’lishi mumkin. Olim fikriga ko’ra, O’zbekistonda ayni paytda davlat siyosatidan mustaqil diniy peshvoning yo’qligi sababli din notinchliklar uchun asosiy omil bo’la olmaydi.

O’shlik tahlilchi, ekstremizm va terrorizm bo’yicha mutaxassis Imomberdi Jalilovning fikricha, Qirg’izistonda sodir bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan notinchliklar sababini diniy omillar bilan bog’lash unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Qirg’izistonda O’zbekistonga nisbatan diniy erkinlik mavjudligi uchun “yashil inqilob”ga ehtiyoj yo’q.

XS
SM
MD
LG