Breaking News

Vaziristondagi janglarda 40 kishi o'lgan, ko'pi o'zbeklar


Pokistonning Afg'oniston bilan chegaradosh Vaziriston viloyatida qabilalar va ajnabiy jangarilar o’rtasida so'nggi bir necha kun mobaynida kechgan to’qnashuvlarda kamida 40 kishi o’lgan.

Aksariyati chet elliklar deya ma’lum qiladi Pokiston Ichki ishlar vaziri Oftob Xon Sherpao.

To’qnashuvlarda Al-Qoida hamkorlari deya gumon qilingan o’zbek va chechen jangarilari ishtirok etayotgani aytiladi.

Tolibon a’zosi Hoji Sharifning aytishicha, janglar Vaziriston xorijliklardan tozalanmaguncha davom etadi.

Pokiston hukumatining bildirishicha, Vaziriston janubi aholisi, shuningdek, o’zbek jangarilari joylashib olgan maktabga hujum qilib, ulardan yetti nafarini o’ldirgan.

O’tgan hafta boshlangan to’qnashuvlarda hozirgacha 177 kishi, asosan chechen va o’zbeklar halok bo'lgan.

Olis viloyatlardan ekstremist kuchlarni haydan chiqarish maqsadida, Pokiston rahbariyati mahalliy qabilalar bilan bir necha bitimlar tuzgan.

XS
SM
MD
LG