Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlikka cheklanmagan marta saylanishi mumkin.
Mamlakat parlamenti ushbu taklifni yoqlab, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritgan.
Ushbu shart faqat Nazarboyevning prezidentlik davrida joriy etiladi - Qozog’istonning bo’lajak rahbarlari prezidentlikka faqat ikki marta saylanishi mumkin.
Qonunchilar, shuningdek, mamlakatda prezidentlik muhlatini 7 yildan 5 yilga kamaytirish haqidagi qonun loyihasini qo’llab-quvvatlagan. Nazarboyevning amaldagi muddati 2012 yil oxirida tugaydi.