Breaking News

Bush va Putin muloqotni samarali deb ta'riflamoqda


AQSh prezidenti Jorj Bush Yevropada joylashtirilishi rejalangan raketaga qarshi mudofaa tizimi Rossiyaga tahdid emas deyishda davom etmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa tizim yangi qurollanish poygasidan nishona deb ta’kidlaqmoda.

Ikki davlat rahbari bugun Germaniyadagi sammitda uchrashib, masalani muhokama qilgan. Tomonlar muloqotni konstruktiv, samarali deya ta’riflagan.

Uchrashuvdan so’ng jurnalistlar bilan mulqot qilgan Bush kelasi oy prezident Putin bilan AQShda muzokara o’tkazishga tayyor ekanini aytgan.

Prezident Putinning aytishicha, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda sovet davridan qolgan radarni AQSh mudofaa tizimining tarkibiy qismi sifatida foydalanishga topshirishga rozi bo’lgan. Bush mazkur taklifni ko’rib chiqish niyatida.

Prezident Bush fikricha, Rossiya Polshaga o’rnatiladigan tizimdan xavotir olmasa ham bo’laveradi, chunki ular Rossiya raketalariga bas kelolmaydi.

"Ushbu tizim bir vaqtning o’zida chiqarilgan bittadan ortiq raketani urib tushira olmaydi", - deydi Bush.

Shu paytga qadar bildirgan fikrlarida prezident Putin mudofaa tizimi jahondagi strategik balansni buzadi va Rossiya o’z navbatida qarshi chora ko’rishga majbur bo’ladi deb kelmoda. Ana shunday choralardan biri Rossiya arsenalini Yevropadagi yangi nishonlarga qaratish bo’ladi, deydi Putin.

Jorj Bush o’z navbatida Qo’shma Shtatlar Rossiyaning bunday harakatiga javob bermaydi, chunki ikki davlat urush qilayotgani yo’q, dedi.

"Mudofaa tizimi ortida g’arazli niyatimiz yo’q, dedi Bush. Biz 21-asrning haqiqiy tahdidlariga javob berishga harakat qilyapmiz xolos. Rossiya bunday tahdid emas".

AQSh rasmiylarining aytishicha, mudofaa tizimi Yevropani kelajakda Eron raketalaridan himoya qilich uchun zarur.

Rasmiy Tehron esa o’z navbatida uning Yevropagacha yetadigan raketalari yo’q deya, AQSh rejasini mazah qilmoqda.

Putin ham na Eron va na Shimoliy Koreya Yevropaga tahdid sola olishiga ishonadi. Uning nazarida AQSh rejasi Rossiya-Yevropa aloqalarini yomonlashtirishga qaratilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG