Breaking News

Iqtidorli yoshlar uchun moliyaviy yordam manbalari


Dunyodagi ayrim yirik tashkilotlar iqtidorli yoshlar uchun maxsus stipendiyalar beradi. Asosan rivojlanayotgan mamlakat yoshlariga. Jumladan, O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston fuqarolariga.

Sardor ismli tinglovchimiz bizga shunday savol yo’llagan.

“Men Qirg’izistonning O’sh shahrida tavallud topganman. Ana shu yerdagi o’zbek-qir’giz universitetida ingliz tili va adabiyoti bo’limida tahsil olaman. Qirg’izistonlik talabalar uchun AQShda o’qish imkoniyatlari haqida ma’lumot bering”.

Osiyo Taraqqiyot Banki va Jahon Banki rivojlanayotgan davlatlarda iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlovchi yirik tashkilotlar.

Garchi bu tashkilotlarning moliyaviy yordamini qo’lga kiritish oson bo’lmasada, noumid shayton! Odam qilgan ishni odam qiladi. Shunday emasmi?

Demak, Osiyo Taraqqiyot Banki.

Global tarmoq – internetdan jinday foydalanishni bilgan va ingliz tilini biroz bo’lsa-da tushunadigan odam uchun bu tashkilot beradigan moliyaviy yordam haqida ma’lumot topish - ikki-uch daqiqalik ish.

Biz nima qildik? Qidiruv tizimiga Asian Development Bank Scholarship so’zlarini kiritdik.

Topgan ma’lumotlarimizga ko’ra, Yaponiya hukumati 1988 yildan beri rivojlanayotgan davlatlardagi intiluvchan va talantli, magistrlik darajasini olishni istagan yoshlarga moliyaviy yordam berib keladi. Qanday sohalarda deysizmi? Iqtisodiyot, boshqaruv-menejment, ilm-fan, texnologiya va yana qator sohalarda.

Osiyo Taraqqiyot Banki bilan shartnoma imzolagan, dunyoning turli burchaklarida joylashgan 20 universitetda har yili qariyb 300 talaba ikki yil bepul ta’lim oladi.

Bu universitetlar ichida AQShning Gavayi orollaridagi universiteti ham bor. Magistrlik va doktorlik darajasini qanday sohalarda olish mumkinligi bandma-band, aniq va lo’nda qilib qayd etilgan.

Hujjatlar noyabrga qadar qabul qilib, o’qish avgustda boshlanadi.

Moliyaviy yordamga ariza topshirayotgan kishi talablarni diqqat bilan o’rganib chiqishi shart. So’ng, agar barcha talablarga javob bersa, universitetlar bilan electron pochta orqali bog’lanib, qabul shartlari, yuboriladigan hujjatlar haqida so’rab-surishtirish. Yoshlar istasa, biryo’la 4-5 universitetga ariza yo’llashi mumkin.

Yana bir yirik manba – Jahon Banki.

Qidiruv tizimiga World Bank Scholarhips so’zlarini kiritamiz. Jahon Bankining talabalarga mo’ljallangan ikkita maxsus dasturi bor. Bular – Robert Maknamara dasturi va Yaponiya hamda Jahon Bankining qo’shma dasturi. Har ikkisi magistrlik darajasini qo’lga kiritishni istagan yoshlar uchun.

Robert Maknamara dasturida qatnashishni xohlaganlar AQShning Vudrov Vilson (Woodrow Wilson) Universitetida siyosatshunoslik, Prinston Universitetida esa xalqaro aloqalar yo’nalishida o’qishi mumkin.

Yuqorida tilga olingan dasturlar orqali iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, atrof-muhit, boshqaruv kabi sohalarda bilim olish mumkin. Aynan AQShda bu dasturlar orqali Garvard, Kolumbiya, Chikago, Kornell, Jons Xopkins Universitetlariga kirish mumkin.

XS
SM
MD
LG