Breaking News

Maoshning oshishi narx-navoning ko'tarilishi deganimi?


Prezident farmoniga ko’ra, O`zbekistonda 1 avgustdan boshlab oylik maoshlari oshiriladi. Aholi esa oylik ish haqi oshgach, narx-navo qanchaga ko’tariladi deya xom cho’t qilmoqda.

Yangi farmonga ko`ra eng kam ish haqi 12 ming 200 so’mdan 15 ming 525 so`mga ko`tariladi. Oylik maoshlari 1,5 baravarga yaqin oshiriladi. Nafaqaxo’r va nogironlarga pensiya miqdori 30 ming so`mdan boshlab belgilanadi.

Keksa va nochor nochor qatlamga beriladigan yordam 18 ming so’mdan oshiqroq deb belgilangan.

Oylik ish haqini oshirish haqidagi farmon aholi o’rtasida narx-navoning ko`tarilishi sifatida tushuniladi, farmon xavotir bilan qabul qilinadi.

Bozorda oziq-ovqat xarid qilyotgan bir ayolga ko`ra go`sht narxi allaqachon 5-6 ming so`m atrofida ko`tarilgan, agar farmon chiqadigan bo`lsa yana qimmatlashishi aniq.

“Yaxshisi oylikni oshirmasdan oziq-ovqat narxlarini ushlab turgani ma’qul, endigina narx navoga o`rganayotganingda yana osmonga ko`tarilishni boshlaydi”, - deydi bu ayol.

Boshqa bir ayolga ko`ra qarordan qat’iy nazar hozirdanoq ayrim mahsulotlar narxi osha boshlagan.

“Bundan qanchalik norozi bo`lma, bu hech kimni qiziqtirmaydi. Necha yillardan buyon o`tish davri deb kelishadi, o`tish davri esa juda uzoq davom etayapti”, - deydi bu fuqaro.

Ko`pchilik bu qarordan so’ng kvartplata, elektr chirog’i, kommunal xizmatining boshqa turlari uchun haq ko`tarilishini aytadi.

Benzin hozir 600-700 so`m atrofida sotilayotgani, agar yana narx ko`tariladigan bo`lsa yo`l xarajatlari ham ko`payib, oylikka qo`shilgan 20 ming so`m aholiga 40 ming so`mga tushishi mumkinligi ta`kidlanmoqda. Bunday qaror kim uchun chiqarilishini tushunmayman, deydi fuqarolardan biri.

“Ko’pchilik shunaqa deyapti-ki oylik oshirilmagani ma’qul. Bozordagi narx navolar jam ko`tariladi. Go’sh nimaligini unutib qo`ydik, nomigagina ovqatga 100 gram g`osht solinadi, u ham biror mehmon kelib qolishi ehtimolidan, kelsa o’shanga solib berish uchun. G’oshtsiz ovqat yeyapti demasligi uchun, har holda andisha qilasiz”, - deydi u.

Amerika Ovozi ushbu farmonning ijtimoiy himoyaga doir jihatlarini izohlash uchun iqtisodiy tadqiqotlar markaziga murojaat qilganda, mutaxassislar izoh berishga vaqt yo’q deya javob berdi.

XS
SM
MD
LG