Breaking News

Xitoy Markaziy Osiyo bozorlarini egallab bo'lgan


Bishkekdagi Tataan savdo markazida savdo avjida. Uning xitoylik egalari daromad haqida og’iz ochmasa-da, markazda 600 qirg’zistonlik ishlayotgani hamda yiliga 250 ming dollar soliq to’lashini aytadi.

Savdo markazida asosan Xitoy mahsulotlari sotiladi – qoshiq - vilkadan tortib jakuzilargacha.

Markaz direktori Yan Tse Xunning aytishicha, avval bu yerda Italiya va Turkiyaning qimmat mebellari sotilar edi. Aholiga esa arzon ammo sifatli mahsulot kerak.

Qirg’izistonda Xitoy mollari shunchalik ko’pki, bu mahalliy kompaniyalar biznesiga xalaqit bermaydimi?

"Qirg’iziston Xitoyga olma, asal va teri eksport qiladi",- deb javob beradi Yan Tse Xun. Lekin Xitoy Qirg’izistonga oziq-ovqat ham eksport qiladi.

“O’zimiz molboqar va ko’chmanchilar avlodidan bo’lsak-da, Xitoy bizni go’sht bilan ta’minlamoqda”,- deydi Qirg’iziston Davlat Universiteti professori Murat Suimbayev.

Suimbayev fikricha, Xitoy ba’zi mahsulotlarini Qirg’izistonning o’zida ishlab chiqarsa aholiga ko’proq foyda bo’lardi.

"Savdo kamomadini, shuningdek, elektr energiyasini eksport qilish orqali qoplash mumkin",- deydi u.

Xitoyga neft va gaz yetkazuvchi Rossiya eksportni yana kuchaytirish uchun hozirda yangi quvurlar qurmoqda. Xitoyga yadro zavodi qurishga ham ko’maklashyapti.

Rossiyalik tahlilchi Vladimir Myasnikov Xitoy rasmiylarining quyidagi so’zlarini eslatadi:

"Boshqalar Hindiston kabi joylarda metallurgiya kombinatlari va inshootlar qurguncha, Xitoy sochiqlari va uy-ro’zg’or mollari bilan dunyoni bosib oladi".

Murat Suimbayev fikricha mamlakatni Xitoy mollariga yopib qo’yish masalaga yechim bo’la olmaydi.

"Raqobatbardosh loyihalar ustida ishlamasak, Xitoy mollaridan boshimiz chiqmaydi".

XS
SM
MD
LG