Breaking News

Putin hokimiyatdan hali-beri ketmoqchi emas


Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yil dekabr oyida o’tadigan parlament saylovlarida muhim rol o’ynaydigan ko’rinadi.

Putinning prezidentlik vakolat muddati kelasi yil mart oyida yakuniga yetadi. Putinning partiyasi parlament saylovlarida g’olib chiqsa, u Rossiya bosh vaziri lavozimini egallashi mumkin.

Rossiya konstitutsiyasiga ko’ra, Putinning prezidentlik uchun uchinchi muddatga saylanishga haqqi yo’q.

Rossiya siyosatini yaqindan o’rgangan olim Deyl Xerspring nazarida Putin hokimiyatni hech kimga ishonmayapti. Uning maqsadi – Rossiyani ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchli davlatga aylantirish va Yeltsin davridagi beqarorlik takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik.

Saylanganidan beri, deydi amerikalik olim, Putin mamlakatni barqaror joyga aylantirish bilan band.

Ammo bu harakatning salbiy tomonlari ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Putin davrida, deydi tahlilchilar, prezident vakolatlari kengaydi. Mustaqil siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat kuchaydi.

"Putin haliveri siyosiy sahnadan ketmoqchi emas, chunki xalq orasida katta obro’ga ega," - deydi Garvard Universiteti professori Marshal Goldman. "Putinni quvvatlovchi “Yedinaya Rossiya” partiyasi Dumada eng ko’p o’ringa ega ekan, Putinning bosh vazirlikka o’tish ehtimoli yuqori."

Siyosatdonlarning bashorat qilishicha, bu ro’y bergan taqdirda Rossiya siyosiy sahnasida qator o’zgarishlar bo’ladi.

Siyosiy tahlilchi Endryu Kuchins fikricha Dumaga saylovlardan so’ng, bosh vazir idorasiga ko’proq vakolat berish, bosh vazir nomzodini parlamentda eng ko’p o’ringa ega partiya ko’rsatishi haqida qonun qabul qilinsa ajabmas.

XS
SM
MD
LG