Breaking News

UNESCO Alisher Soipoving o'limini qoralamoqda


Xalqaro matbuot o’tgan hafta O’shda otib o’ldirilgan muxbirimiz Alisher Soipovga motam tutmoqda.

Jurnalist hayoti va faoliyati xotirlanmoqda. Shuningdek, uning o’limi ortidagi sabablar mushohada qilinmoqda.

Bugun UNESCO, BMT Ta’lim, Ilm-Fan va Madaniyat Tashkiloti Alisherning o’limini qoralab chiqqan.

“Biz Alisher Soipovning qotillari adolat oldida javob berishini istaymiz”,- deydi tashkilot bosh direktori Koichiro Matsuura.

"Jurnalistning o’ldirilishi barcha erkinlik va huquqlardan yuz o’girish bilan barobar. Bu qotillik insonlarni erkin so’z va fikrlashdan qo’rqitish, ularning asosiy huquqlarini buzish demakdir", - deydi UNESKO rahbari.

Tashkilot oldiga qo’yilgan vazifalardan biri dunyoda matbuot erkinligini ta’minlash va bu boradagi huquqlarning poymol etilmasligi uchun kurashishdir.

XS
SM
MD
LG