Breaking News

Sharhlovchilar: Qirg'iziston demokratik saylovlar arafasida


16 dekabr kuni Qirg’izistonda parlament saylovlari bo’lib o`tadi. Saylovda 50 dan ortiq siyosiy partiya vakillari qatnashishi kutilmoqda.

O’zbekistonlik shahrlovchilar nazarida Qirg’izistonda prezidentni quvvatlagan "Oq yo'l" partiyasi qonunchilik organini egallashi mumkin, biroq saylovning adolatli o’tishi uchun kerakli sharoit bor.

Saylovlar partiyaviy ro'yxat asosida o'tadi. Qirg'izistonning yangi konstitusiyasiga ko'ra hukumat siyosiy partiyalaridan saylangan vakillar hisobiga shakllanadi.

Hozir Qirg’izistonda “Oq yo'l” va Sotsial-demokratlar partiyasi hukmron. Shuningdek, o`z safiga o’zbeklarni birlashtirgan “Vatan” partiyasi ham prezident siyosatini quvvatlaydi. Lekin yaqinlashayotgan saylovda mustaqil siyosiy tashkilot sifatida qatnashishini bildirgan.

Tahlilchilar saylov oldidan qirg’iz muxolifati birlashadi deya taxmin qilgan edi, biroq bu harakat amalga oshmagan.

Sobiq bosh vazir Feliks Qulov, sobiq spiker Umrbek Tekebayev va sobiq tashqi ishlar vazirasi Roza Otunbayeva kabi arboblar saylovda turli siyosiy partiyalar tarkibida qatnashadi.

Qirg’iziston mintaqada demokratik tamoyillar qaror topgan davlat sifatida e`tirof etiladi.

Toshkentdagi “Siyosat” axborot tahlil markazi eksperti Sharofiddin To’laganov fikricha Qirg’izistonda siyosiy vaziyat barqarorlashmoqda.

“Ikki yil ichida konstitutsiya bir necha marta o`zgardi. Qirg`iziston xalqi siyosiy boshboshdoqliklardan charchadi. Xuddi Qozog`istonda kuzatilgani kabi prezident partiyasi g`alaba qozonadi. Hozirgi bosh vazir lavozimida qoladi. Saylov soxtalashtirilmaydi, chunki demokratiya mevalarini tatib ko`rgan xalq bunga yo`l qo`ymaydi”, - deydi To`laganov.

Ayrim siyosatshunoslar esa Qirg’izistonda yuz bergan inqilob, hukumat va muxolifat o'rtasidagi kelishmovchiliklar va tinimsiz namoyishlarni beqarorlik deb biladi.

Tahlilchi Baxtiyor Isabek nazarida respublikadagi o’zgarishlar qanday talqin qilinmasin, Qirg’iziston xalqida bugun o`zi istagan hukumatni saylash imkoniyati bor.

“Yakkahokimlik barqarorlik, demokratiya beqarorlik beradi degan fikrlar noto’g’ri. Bunday baho berayotganlar yakkahokimlik mavjud O`zbekiston kabi rejimlarni himoyasi uchun shunday deyayotgan bo`lishlari mumkin. Agar iqtisodiy qashshoqlikni qiyoslaydigan bo`lsak, O`zbekistondagi iqtisodiy vaziyat faqat hukumat tutumining mahsulidir”, - deydi Isabek.

XS
SM
MD
LG