Breaking News

Bishkekda Alisher Soipov xotirlandi


“Amerika Ovozi”ning Qirg’izistondagi muxbiri Alisher Soipovning O'shda o’ldirilganiga 40 kun to’lar ekan, “New York Times” gazetasi jurnalist haqida katta maqola chop etgan.

Unda yozilishicha, Soipovning o’limi Qirg’iziston janubida boshpana topgan o’zbekistonlik jurnalistlar, inson huquqlari faollari va muxolifat a’zolari uchun ogohlantirish bo’lgan.

Qirg’izistonda ishlaydigan g’arb diplomatlaridan birining “Nyu-York Tayms”ga aytishicha, Soipovning o’ldirilishi qotillik emas, haqiqiy qatl bo’lgan.

"Kim bo’lmang, qayerda bo’lmang, qachon bo’lmasin, sizga yetib olamiz degan ogohlantirish bu", - deydi ismi oshkor etilishini istamagan diplomat.

4 dekabr kuni Bishkekda Alisher Soipov xotirasiga bag’ishlangan aksiya bo’lib o’tdi.

Unda hukumat uyini o’rab turgan panjara yonida yosh nihol o’tqazildi.

Unga Alisherning do’stlari va hamkasblari qora lentochka taqib, bu bilan prezident Kurmanbek Bakiyevga tergov ishining borishini shaxsan o'zi nazorat qilishga va’da berganini eslatgan.

Biroq nihol qora lentochkalar bilan qoplangach, militsiya xodimlari uni ko’chirib olib ketgan.

XS
SM
MD
LG