Breaking News

Iqtisodiy tanglik siyosiy beqarorlikni kuchaytirmoqda


Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay din va qo’poruvchilik xurujlari o’rtasida umuman aloqa yo’q, demoqda. Xudkush terrorchi hujumlari jinoyat, deydi u, va bu illatga chek qo’yish lozim.

"Bu hujumlar haqiqiy biznesga aylangan. Jinoiy guruhlar xudkush terrorchilar hisobiga pul qilmoqda. Asosan, giyohvandlar yoki muhtoj oila vakillari ishga solinadi. O’zingni portlatsang, oilangga shuncha pul beramiz, deyishadi".

Iroq Bosh vaziri muovini Barham Solih terroristlar diniy omillardan foydalanmoqda, deb hisoblaydi.

“Ekstremistlar islom dinini ma’lum ma’noda suiiste’mol qilmoqda. Ba’zilar uchun islom bag’rikenglik, tinchlik va o’zaro hurmat-e’htiromni nazarda tutsa, boshqalar din yo’lida ommani qatl etishdan toymaydi. Demakki, diniy ta’lim, diniy poydevorni isloh qilish vaqti kelgan. Islom dinining sha’nini himoya qilish fursati yetdi”, - deydi Iroq bosh vaziri muovini Barham Solih.

Pokiston prezidenti Parvez Musharraf fikricha esa terrorizmga barham berish uchun yo’qsillik va savodsizlikni tugatish kerak.

Iqtisodiy taraqqiyot va xalq farovonligi Pokiston uchun ustuvor yo’nalish, deydi u. G’arb davlatlari nazarida Musharraf demokratiya va inson huquqlarini poymol qilmoqda.

Pokiston rahbari fikricha esa Yevropa davlatlarida demokratiya bir necha asrlik tarixga ega. Pokiston, deydi u, g’arb tamoyillari bilan o’lchanmasligi kerak.

XS
SM
MD
LG